Uchqo‘rg‘onda noxush YTH sodir bo‘ldi

Illyustrativ foto.
30-iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro «Matiz» avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, unga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan velosipedchini urib yuborgan.
Natijada velosipedchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.
Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter