Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari soni yana ko‘paydi

Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari soni yana ko‘paydi

Foto: «Mymoscow.info»

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni sakkiztaga, jarohatlanganlar soni esa 864 kishiga yetdi, dedi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi boshlig‘i Fahrettin Koja.

Avvalroq o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni olti kishiga, jarohatlanganlar soni 410 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.

«Manavgatda (Antaliya viloyati) sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida jami 7 kishi halok bo‘ldi. Yong‘indan zarar ko‘rgan 507 kishidan 497 nafari shifoxonadan uyiga ruxsat berildi. Marmaris va Bodrumda sodir bo‘lgan yong‘inlardan zarar ko‘rgan 203 kishidan 186 nafari tuzaldi. Marmarisda bir kishi vafot etdi. Mersindagi yong‘inda jabrlangan 154 kishining hammasi davolandi», — deb yozadi Koja Twitterda.

Mamlakat qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda Turkiyada 107 o‘rmon yong‘inlari o‘chirildi, Antaliya va Muglaning kurort viloyatlaridagi beshta yong‘in nazoratga olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring