Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaroning joniga qasd qilindi

Istanbul shahri prokuraturasiga ko‘ra, joriy yilning 23-fevralida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi «O.B.»ga nisbatan qasdan badanga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati sodir etilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Natijada fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli Istanbul shahrining Bashakshexir davlat shifoxonasida vafot etgan. Mazkur holat O‘zbekistonning Istanbudagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olinib, Turkiyaning vakolatli organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan jasadni O‘zbekistonga dafn qilish uchun barcha zarur bo‘lgan hujjatlar rasmiylashtirilib, marhumning oila a’zolariga kerakli huquqiy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter