Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turin politexnika universiteti oldidagi janjalda bir talaba vafot etdi

Turin politexnika universiteti oldidagi janjalda bir talaba vafot etdi

Internet tarmog‘ida 18 yoshli talabaning vafoti to‘g‘risida xabar tarqaldi. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 25-noyabr kuni Turin politexnika universitetining darvozasi yonida bir nechta yosh yigitlar uchrashishgan. Kelishmovchilik natijasida 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (Turin politexnika universiteti talabasi) yuziga musht bilan urgan.

Zarba natijasida Sh.R. yerga yiqilgan va yetgan shikastlar oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi («Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi qo‘lga olindi, tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring