Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tug‘uruqxonada 33 yoshli ayol operatsiyadan so‘ng vafot etdi

Tug‘uruqxonada 33 yoshli ayol operatsiyadan so‘ng vafot etdi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi tug‘uruqxonada 33 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2022 yil 28 may kuni Kattaqo‘rg‘on shahar, Alisher Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Ya. homiladorligi sabab shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga murojaat qilgan. Bu paytda ayolning homilasi 38-39 haftalik ekani ma’lum bo‘lgan.

33 yoshli ayol gistatsion anemiya yengil darajasi tashxisi bilan yotqizilib, kuzatuvga olingan. Shundan so‘ng homila chanoq bosh disproporsiyasi, homilaning noaniq holati tashxisi qo‘yilib, hayotiy ko‘rsatma sababli 29 may kuni kech soat 02:00 da ayolning yaqin qarindoshlari roziligi bilan kesarcha kesish operatsiyasi o‘tkazilgan. Natijada o‘g‘il homila operativ yo‘l bilan tug‘dirilgan. Ona va bolaning ahvoli yaxshi bo‘lib, operatsiyadan so‘ng tug‘uruq bo‘limida kuzatuvda bo‘lgan.

2022 yilning 6 iyun kuni soat 15:10 da bemor M.Ya. Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limida ilk chilla davri, kesarcha kesish operatsiyasidan keyingi holat, o‘tkir o‘pka-yurak yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi tashxisi bilan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 6 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tergovchisi va tezkor tergov guruhi a’zolari hodisa joyiga chiqib, hodisa joyini ko‘zdan kechirgan. M.Ya.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga xizmat tekshiruvi tayinlanib, ishga aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan.

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring