«To‘xtag‘ul suv ombori O‘zbekistonni kuchli suv toshqinlaridan asradi» — mutaxassis
So‘ngi uch kunlikda Norin daryo havza yuqori tog‘liklarida kuchli qor erish va yog‘ingarchilik hisobiga Norin daryosining qo‘shni Qirg‘iziston qismida kuchli suv toshqinlari kuzatilyapti.
«15 iyun holatiga Norinning To‘xtag‘ul suv omboriga quyilish qismida sekundiga 1400 metr kub suv o‘tgan. Agarda, mazkur suv oqimi To‘xtag‘ul suv ombori bo‘lmaganida, vodiy viloyatlaridan oqib o‘tuvchi Norin daryosi, keyinroq Sirdaryoda talofatli suv toshqinlari o‘tishini ta’minlagan bo‘lardi.
Darhaqiqat, Norin daryosi yuqori havzasi dengiz sathidan 3600 metr balandlikdagi Tyan-Shan kuzatuv stansiyasida 8 iyundan buyon kunduz kunlari +15 +16 daraja issiq harorat kuzatilmoqda.
So‘ngi uch kunlikda esa tungi minimumlar ham +5 +7 daraja oralig‘ida tebranmoqda. Bu qirg‘iz tog‘larida kuchli qor erishini beradi. Aytmoqchi, 13-14 iyun kunlari Tyan-Shan stansiyada umumiy 30 mm yomg‘ir yoqqan. Bu qor (muz) erishini yanada tezlashtirgan», deb yozadi iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
Qayd etilishicha, To‘xtag‘ul suv omborida suv hajmi Norinda kuchli suv toshqin ortidan 9 km kubdan ortgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter