Toshloqda tanishini o‘qishga olib kirishga va’da bergan inspektor pora ustida ushlandi

Farg‘ona shahar IIB huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi militsiya tayanch punktlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori M.A. 2017-yil iyul oyida tanishi Sh.A.ning o‘g‘lini Farg‘ona shahar 2-tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergan.
O‘zA saytining xabar berishicha, bu «xizmati» uchun vakolatli shaxslarga 300 dollar berishi zarurligini aytadi. Sh.A. esa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qilgan.
Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.A. fuqaro Sh.A.dan 300 dollar olayotganida ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudi M.A.ning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter