Toshkentga uchgan samolyot bortida 51 yoshli erkak o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yildi
«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Nyu-York — Toshkent yo‘nalishi qatnovi bilan parvoz qilgan yo‘lovchi samolyot bortida 51 yoshli erkak to‘polon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 21-oktyabr kuni Nyu-York — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirgan HY102 qatnovidagi samolyotni poytaxt aeroportida ichki ishlar bo‘limi xodimlari kutib olishdi.
Sababi, mast holda bo‘lgan 51 yoshli erkak samolyot bortida to‘polon ko‘tarib, o‘z joyini egallashi kerakligi haqidagi tanbehlarga e’tibor bermasdan, uni tinchlantirmoqchi bo‘lgan bort kuzatuvchilari va atrofda o‘tirgan yo‘lovchilarni haqorat qilgan.
«U o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan parvoz xavfsizligini, shu bilan birga barcha yo‘lovchilar hamda ekipaj hayotini xavf ostiga qo‘ydi. Qatnov yo‘lovchilari ekipajga yordam ko‘rsatdilar. Qoidabuzarni o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Toshkent shahriga yetib kelgandan so‘ng aviato‘polonchi transportdagi tarmoq ichki ishlar bo‘limi xodimlariga topshirildi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter