Toshkentdagi mebel firmasida yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun 11-fevral kuni erta tongda Oloy bozori yaqinida joylashgan, turkiyalik tadbirkorlarga tegishli «Bay Miraj mebel» firmasi binosida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in xavfsizligi xodimlari yong‘inni bartaraf etishgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ushbu hodisa elektr o‘tkazgichlardagi qisqa tutashuv tufayli yuzaga kelgan.
Firma binosi «Toshshahartransxizmat» AJ binosi bilan yonma-yon joylashgan. «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, jamiyat binosiga xech qanday zarar yetmagan.
Yong‘in xavfsizligi xodimlari voqea sabablarini o‘rganishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter