Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi gaz quvurida avariya sodir bo‘ldi

Toshkentdagi gaz quvurida avariya sodir bo‘ldi

Kecha, 4-oktyabr kuni Sharqiy-1 Gaz taqsimlash stansiyasiga kirish quvurida tabiiy gaz sizib chiqish holati sodir bo‘lgan.

«O‘ztransgaz» AJ axborot xizmatiga ko‘ra, soat 13:00 da aniqlangan favqulodda holat tufayli stansiya faoliyatini vaqtincha to‘xtatish zarurati paydo bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Toshkent MGQB mas’ullari «O‘ztransgaz» AJ Markaziy dispetcherlik departamenti bilan kelishgan holda Sharqiy-1 stansiyasi orqali tabiiy gaz bilan ta’minlanadigan iste’molchilarga telefonogramma yuborilgan hamda 15 soatga stansiyani tarmoqdan ajratish chorasi ko‘rilgan.

«Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh voqea joyida bo‘lib turibdi. 5 oktyabr soat 08:10 dan boshlangan ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Ta’mir ishlari 5 oktyabr soat 23:00 gacha yakunlanishi kutilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan stansiya tabiiy gaz tarmog‘iga ulanadi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring