Toshkentda yuk mashinasining tormozi ishlamay qoldi
Kecha, 17-oktyabr kuni soat 13:30larda Toshkent shahrida yo‘lovchi tashuvchi «MAN» rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, «1-Avtobus saroyi» filiali haydovchisi A.L (1972 yilda tug‘ilgan, staji 27 yil) «MAN» rusumli, davlat raqami 01|859 ZFA, saroy raqami 474-bo‘lgan avtobusni 93-yo‘nalishda Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtda, Fayzobod ko‘chasi qarshisida avtobusdan orqada kelayotgan katta hajmli yuk mashinasining tormoz tizimi ishlamay qolganligi sababli avtobusning orqa qismiga kelib urilgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohat olganlar yo‘q.
Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda «Toshshahartransxizmat» Aksiyadorlik jamiyatining Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter