Toshkentda yo‘qolib qolgan 11 yoshli qizaloq Qo‘qondan topildi
Internetda Toshkentda 11 yoshli Z.T. yo‘qolib qolgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur qizning topilganini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, 12-noyabr kuni soat 18:40 da qizning onasi 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qizining yo‘qolib qolganini aytgan.
Shundan so‘ng, Olmazor tumani IIB xodimlari qizning ota-onasidan oilaning barcha yaqinlari, qizning dugonalari va sinfdoshlarining aloqa raqamlarini aniqlashtirgan.
Qarindoshlar bilan olib borilgan suhbatlardan Z.T. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi bobosi va buvisinikida ekanligi ma’lum bo‘lgan. Qiz u yerga mustaqil ravishda taksida borgan.
Ayni paytda qiz Qo‘qon shahridagi qarindoshlarinikida, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter