Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yigit sevgan qizini haqorat qilgan tanishini pichoqladi

Toshkentda yigit sevgan qizini haqorat qilgan tanishini pichoqladi

Foto:«Tergov.uz»

Toshkent shahri Yashnobod tumanida 21 yoshli fuqaro 20 yoshli tanishini pichoqladi. Bu haqda Tergov departamenti ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 10 fevral kuni Yashnobod tumani Ohangrabo ko‘chasida yashovchi 21 yoshli B.I. tanishi, Yashnobod tumani Izzat ko‘chasida yashovchi 20 yoshli B.R.ning uyiga mehmonga kelib, birgalashib spirtli ichimliklar iste’mol qilgan.

O‘zaro o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida B.I. o‘zini tanishi B.R.,ning tanasining turli joylariga pichoq bilan tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Olgan tan jarohatlari oqibatda R.B. 4-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan B.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

B.I. gumon qilinuvchi tariqasida, protsessual tartibda ushlangan.

Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, jabrlanuvchi uning sevgan qizi to‘g‘risida yomon gaplar aytganligi, bundan B.I.ning jahli chiqib, mezbon bilan o‘zaro janjallashib ketishganligi va buning oqibatida unga pichoq bilan tan jarohati yetkazganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring