Toshkentda qurol sotayotgan yigit ushlandi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida 23 yoshli yigit noqonuniy ravishda o‘qotar qurolni 2000 ming AQSh dollariga sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qurolni yigitning R. ismli tanishi mashinadan topib olgan. Shundan so‘ng ular qurolni yashirish maqsadida U.ismli tanishining uyiga olib borgan. Surishtiruv natijasida ular qurolni uyning qozonxonasidagi pechkaga yashirgani aniqlangan.
Olib borilgan tezkor qidiruv davomida U.ning uyidan APS o‘qotar quroli olingan. Xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ekspert-kriminalistika markazining xulosalariga ko‘ra, qurol o‘q otish uchun yaroqli deb topilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ma’lumot o‘rnida, ushbu moddaga binoan jinoyatchi 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter