Toshkentda piyodalar haydovchilardan zarar ko‘rdi

Toshkent shahar Bektemir tumanida 31-mart kuni soat 19:30 larda qibraylik J.N. Txay ko‘chasida «Neksiya» avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda G.R.ni urib yuborgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan va unga tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.
Shuningdek, oradan uch yarim soatlar o‘tar-o‘tmas, Yunusobod tumani Ahmad Donish va Shahriston ko‘chalari chorrahasida ham shunday hodisa yuz berdi. «Spark» avtomashinasini ishonch qog‘ozi orqali boshqarib ketayotgan haydovchi M.S. piyodani urib yuborgan. Jabrlanuvchi A.L. shifoxonaga yotqizilgan va malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur hodisalar yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter