Toshkentda ombor yondi
Toshkent halqa yo‘lining Shayxontohur tumani hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
Bugun, 30 mart kuni soat 14:04 da Shayxontohur tumani «Ibn Sino» MFY, Toshkent halqa yo‘lida joylashgan plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14-51 da qurshab olingan va soat 15-23 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter