MChJ sobiq menedjeri katta pulni talon-toroj qilgani aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «D.B» MChJ sobiq menedjeri S.S. korxonaning turli markadagi beton maxsulotlarini naqd pulga sotib, sotuvdan tushgan 460,8 mln so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab talon-toroj qilganligi va ushbu mablag‘lar hisobidan «Spark» rusumli avtotransport vositasini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter