Toshkentda ikki nafar qiz xitoylik erkakni tunab ketdi

Illyustrativ surat.
Toshkentda xitoylik erkakni tunagan qizlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar berdi.
D.X. o‘zining tanishi voyaga yetmagan U.A. bilan til biriktirib, tanishi xitoylik erkakning pullarini qo‘lga kiritishni maqsad qilishadi. Ular erkakni telefon orqali chaqirishgan.
Ayollar erkakning avtomashinasida ketayotganda D.X. kuch ishlatgan holda uning bo‘ynidan ushlab, bir qo‘li bilan sirkaga botirilgan matoni yuziga bosgan. Ammo, erkak hushidan ketishning o‘rniga mashinani to‘xtatib, qochib ketgan.
Shundan so‘ng, D.X. va U.A. avtomashina yukxonasidan xitoylik erkakka tegishli bo‘lgan XXR fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ish guvohnomasi, 5,5 ming AQSh dollari, 2 ming Xitoy Yuani, 15 ming Rossiya rubli va bir dona flesh-kartasi bo‘lgan ko‘k rangli sumka (ryukzak)ni talon-toroj qilib, unga jami 61,577 mln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashirinishadi.
Bundan tashqari, D.X. va U.A. xitoylik erkakka tegishli bo‘lgan hujjatlarni dalaga tashlab, yo‘q qilishadi.
Sud hukmiga ko‘ra, D.X.ga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, U.A.ga nisbatan esa 1 yil 8 oy 24 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, jabrlanuvchi foydasiga 10 mln 651 ming so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter