Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda IIB xodimlari va poytaxtlik ayol o‘rtasida tortishuv yuz berdi

Toshkentda IIB xodimlari va poytaxtlik ayol o‘rtasida tortishuv yuz berdi

Videodan skrinshot.

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimi ayol kishining telefonini olib qo‘ygan holati aks etgan video tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bayonot bilan chiqdi.

Joriy yilning 22-iyun kuni Uchtepa tumanida kommunal xizmatlari bo‘yicha rahbar X.Norqulov xizmat faoliyatini olib borayotganda fuqaro L.Irina uni qo‘l telefonida videotasvirga olganligi sababli ular o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan.

Tortishuvga IIO xodimi B.Anvarov ham aralashgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv yakuni bo‘yicha xodimning harakatiga qonuniy baho beriladi, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring