Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yarim tunda bosqinchilik qilgan guruh qo‘lga olindi

Toshkentda yarim tunda bosqinchilik qilgan guruh qo‘lga olindi

Foto: «Sof.uz»

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 20-mart kuni jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 20-mart kuni soat 03.45larda 1986-yilda tug‘ilgan Sh.I., 1987-yilda tug‘ilgan M.N., 1979-yilda tug‘ilgan I.Sh., 1976-yilda tug‘ilgan K.A. va 2001-yilda tug‘ilgan H.Z.lar jinoiy til biriktirib, Xakimzoda ko‘chasida yashovchi S.M.ning uyiga bosqinchilik maqsadida devor oshish yo‘li orqali bostirib kirishadi. Unga tan jarohati yetkazganlarida, S.M. ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va ko‘tarilgan shovqindan hech narsa ololmay, bosqinchilar voqea joyidan yashiringanlar.

Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.I., M.N., I.Sh., K.A. va H.Z. qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring