Toshkentda bolalar liftga qamalib qoldi
2018-yil 15-mart kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumanida yashovchi A.Berdimuratova telefon orqali murojaat qildi.
Xabarga ko‘ra, tumanning Olmazor-16 mavzesidagi ko‘p qavatli uyda texnik nosozlik sababli lift ishdan chiqqan, kabinada esa to‘rt nafar voyaga etmagan bola qo‘rqinch holatida yordam so‘rashayotgan ekan.
Boshqarma qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishdi, maxsus qutqaruv asboblari yordamida lift eshigi ochilib, bolalar sog‘-salomat chiqarib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter