Toshkent viloyatidagi ko‘priklarga katta zarar yetdi (foto)

Shu kunlarda kuzatilayotgan yog‘ingarchiliklar hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishiga sabab bo‘lyapti. Buning oqibatida ayrim bino-inshootlar, avtomobil yo‘llari va ko‘priklarga zarar yetmoqda, deyiladi FVV xabarida.

Qayd etilishicha, Yuqori Chirchiq tumanidagi «Qizilsoy» mahalla fuqarolari yig‘ini hududi hamda Piskent tumani hududidan o‘tuvchi A-373 «O‘sh - Guliston» avtomobil yo‘lining 107-kilometridagi ko‘priklar o‘z mustahkamligini yo‘qotgan.

Hozirda avtomobil harakatlari to‘xtatilib, xavfni bartaraf etish maqsadida FVB, YHXB, «Yo‘llardan foydalanish» UK, tuman hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida ta’mirlash tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter