Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida ayol va chaqalog‘i vafot etdi. SSV bayonoti

Toshkent viloyatida ayol va chaqalog‘i vafot etdi. SSV bayonoti

Toshkent viloyatidagi tug‘uruqxonada homilador ayol chaqalog‘i bilan vafot etdi. SSV hodisa yuzasidan bayonot berdi. 

14-iyul soat 06:45 da Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limiga O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 1993-yil 28-fevralda tug‘ilgan fuqaro M.D. murojaat qilgan.

Bemor muassasaga olib kelinganida ahvoli o‘ta og‘ir, terisi rangpar, sovuq ter bosgan, arterial qon bosimi 70/40 mm simob ustuniga teng, tana harorati 39,5 daraja, tananing shilliq qavatlari ko‘kimtir rangda, karaxt va savollarga aniq javob bera olmaydigan holatda bo‘lgan.

Qabul vaqtida unga Homiladorlik-2, 38 hafta tug‘uruq, sepsis. I-II darajali septik shok” dastlabki tashxisi qo‘yilib, zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng navbatchi brigada akusher-ginekologlari hamda anesteziolog-reanimatolog tomonidan barcha zarur reanimatsion muolajalar amalga oshirishga kirishilgan.

Dastlab ikki tomonlama periferik vena, keyinchalik markaziy vena kateterlanib, markaziy venoz bosim past bo‘lganligi uchun shokka qarshi, yurak-qon tomir, nafas olish tizimini qo‘llab-quvvatlovchi tezkor chora-tadbirlar o‘tkazilgan.

Shuningdek, bemor o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasiga o‘tkazilgan. Biroq markaziy vena orqali bajarilgan massiv infuzion muolajalar va jadal reanimatsion terapiyaga qaramay, uning gemodinamikasi tiklanmagan, deyiladi xabarda.

Oqibatda 2023-yil 14-iyul soat 07:30 da bemorda klinik o‘lim holati qayd etildi. Navbatchi anesteziolog-reanimatolog shifokorlar tomonidan yurak-o‘pka reanimatsiyasi 40 daqiqa davomida olib borildi, lekin yurak faoliyati tiklanmadi. Oqibatda soat 08:10 da bemorda biologik o‘lim kuzatildi.

Ushbu holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring