Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani rad etildi
Internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda 8 may kuni balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani haqida xabarlar va chaqmoq urishi jarayoni aks etgan video tarqalgan edi.
«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi, ushbu hodisa bo‘yicha rasmiy izoh berdi.
«Toshkent shahridagi kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti vaqtida Toshkent teleminorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urish hodisasi sodir bo‘lmagan, ya’ni video olingan rakursdan chaqmoq urganligi qayd etilgan bo‘lsada, aslida chaqmoq sodir bo‘lishi Teleminoradan ma’lum bir masofada bo‘lib o‘tganligini bildiramiz», — deyiladi izohda.
Qayd etilishicha, Toshkent teleminorasida bugungi kunda barcha texnik qurilmalar barqaror ishlamoqda va aholiga raqamli televideniye hamda radioeshittirish dasturlari uzluksiz tarqatib kelinmoqda.
Ta’kidlanishicha, Respublikamizning noyob arxitektura inshooti bo‘lmish Toshkent teleminorasi kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan ta’minlangan. Shu sababli, chaqmoq urgan taqdirda ham, hech qanday xavf va xavotirga asos yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter