Toshkent metrosida yana bir yo‘lovchi rels ustiga tushib ketdi
Bugun Toshkent metrosining «Beruniy» bekatida 1991-yilda tug‘ilgan Sh.D. temir yo‘l izlariga tushib ketgan.
O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmatiga ko‘ra, stansiya xodimlari unga birinchi yordam ko‘rsatdilar. Fuqaro yiqilganda jarohat olmagan. U o‘zini metroga tushgan chog‘ida nohush sezganligini ta’kidlagan.
Mazkur holat metropoliten poyezdlarining xarakat jadvaliga tasir ko‘rsatmagan.
Kuni kecha ham Toshkent metropolitenining «O‘zbekiston» bekatida xuddi shunday hodisa kuzatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter