Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent hayvonot bog‘i vakillari borgunicha ayiq otib o‘ldirilgan» — vazirlik

«Toshkent hayvonot bog‘i vakillari borgunicha ayiq otib o‘ldirilgan» — vazirlik

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgani xabar qilingandi.

Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning 5 aprel kuni taxminan soat 23:00 larda ayiq Qumdaryoga yaqin joydagi jarlikda hosil bo‘lgan g‘or ichiga kirib olgan. Birozdan so‘ng bu yerda mahalliy aholi to‘plangan. Mahalliy hokimlik vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘z vaqtida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi bois ayiq bezovtalanib, jarlikdan tepaga chiqishga uringan. Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i A. B. atrofga yig‘ilgan aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ovchi D.A. ga ayiqqa o‘q uzishga ko‘rsatma bergan. Natijada ayiqning joni uzilgan.

«Toshkent hayvonot bog‘i vakillari hodisa joyiga yetib borganida ayiq nobud bo‘lgan edi.

Mazkur holat o‘rganilishi davom etmoqda. Mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan va buning oqibatida qo‘ng‘ir ayiqning o‘limiga sabab bo‘lgan mas’ullarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralari ko‘riladi.

Ta’kidlash joizki, ayiqning terisi shilib olingani haqidagi foto va xabar haqiqatga zid. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratning Chiroqchi tumanidagi voqeaga aloqasi yo‘q. Ayni damda ushbu holat yuzasidan ham o‘rganish ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring