To‘palang suv omboridan suv toshayotgani haqida xabarlar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryodagi To‘palang suv omboridan suv toshib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu holat bo‘yicha birlamchi ma’lumotni taqdim etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 22 iyun kuni soat 08:14larda To‘palang suv omboridan chiqayotgan suv keskin ko‘tarilgan. Aytilishicha, suv omborining mustahkamligiga ziyon yetmagan, ayni vaqtda chiqarilayotgan suv hajmini kamaytirish ishlari olib borilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, GESdagi katta quvur yorilgan va suv toshib chiqa boshlagan. Ushbu toshgan suv To‘palang daryosiga yo‘naltirilgan.
Manbamizning xabariga ko‘ra, daryoga yaqin qishloqlar, Dashtikaltak, Sarijoy aholisi evakuatsiyaga tayyorlanmoqda. Bu ma’lumotni FVV axborot xizmati Xabar.uz’ga tasdiqladi.
«Bunday holatlarda norma bo‘yicha voqeaga yaqin hududlar baribir evakutsiyaga tayyorlanadi», dedi Murod Sodiqov.
Ma’lumot o‘rnida, To‘palang GES suv ombori loyihasi quvvati 400 mln.m.kub, amalda 378,87 mln. m.kubni tashkil etadi. Suv tashlamasi rejaviy 70 m.kub.sek. Hozirga vaqtda 110 m.kub sek.ni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter