Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tomskda halok bo‘lgan o‘zbeklarning shaxsi aniqlandi

Tomskda halok bo‘lgan o‘zbeklarning shaxsi aniqlandi

Foto: «RIA Novosti»

Joriy yilning 21-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lib, natijada ushbu xonadonda istiqomat qilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan edi.

FVV tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi:

  1. Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  2. Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  3. Mo‘minov Xurshid Mexriddin o‘g‘li, 1997 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  4. G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  5. Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  6. Xasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  7. Norov Mexriddin Gaybullayevich, 1966 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  8. Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  9. Xasanov Umid Karimovich, 1979 y.t. (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan).

Hozirda yong‘in natijasida halok bo‘lgan 10-fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, voqea yuzasidan voqea joyida xuquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring