«Tolibon» Termiz o‘qqa tutilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi
«Tolibon» Afg‘oniston hududidan Termizning o‘qqa tutilgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda mamlakatning TIV rasmiy vakili Abdul-Qahar Balxiy ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on-o‘zbek chegarasida vaziyat barqaror, xavotirga o‘rin yo‘q.
Shu bilan birga, Afg‘oniston tomoni barcha qo‘shnilari oldidagi mas’uliyatli hukumat sifatida Afg‘oniston chegaralari ustidan nazoratni ta’minlash va kimdir tomonidan xavfsizlik buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston hududidan raketa otilgani haqidagi ma’lumot O‘zbekiston tomonidan ham rad etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter