«TikToker» qo‘lga olinib, IIBBga olib kelindi
Ijtimoiy tarmoqda Nigina ismi bilan tanilgan «TikToker» Malibu-2’da salondan tanasini chiqarib olgan holda harakatlanayotganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-avgust kuni, avtomobil ichida o‘tirgan yo‘lovchi 2003-yilda tug‘ilgan N.M. yo‘l harakati qoidalarini buzib, salondan tana qismini chiqargan holatda transport vositasida harakatlangan.
Mazkur holat yuzasidan MJtKning 138-moddasi 4-qismi («Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish») bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, mazkur moddada ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga BHMning bir baravari (300 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter