O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in chiqdi (video)
Bugun, 5-dekabr kuni Toshkent shahrida bunyod etilayotgan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi binosida yong‘in yuz berdi.
Xabar berilishicha, yong‘inni bartaraf etish uchun kamida 5 ta maxsus o‘t o‘chirish mashinasi jalb etilgan.
Yong‘in sabablari va oqibatlari haqida rasmiy xabar berilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili iyunda O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga ramziy tamal toshi qo‘ygan edi.
Qariyb 10 gektarni egallagan ushbu muassasa ilmiy-ma’rifiy markaz bo‘ladi.
Bino yerto‘lasida muzey ombori, qadimiy qo‘lyozma va osori-atiqalarni restavratsiya qilish xonalari rejalashtirilgan. Birinchi qavatda kutubxona, anjumanlar zali, ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi va me’morlik an’analariga bag‘ishlangan ko‘rgazma zallari joylashadi. Markaziy foyega Usmon Qur’oni qo‘yiladi. Ikkinchi qavatdan axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va boshqa xonalar o‘rin oladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta 20-noyabr kuni ushbu markazga yana bir bor tashrif buyurgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter