Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda bemorlar davolanayotgan majmuada kuchli gumburlash eshitildi

Gulistonda bemorlar davolanayotgan majmuada kuchli gumburlash eshitildi

Bugun, 7-oktyabr kuni ertalab Guliston shahrida joylashgan «Alpomish» sport majmuasida qattiq gumburlagan ovoz eshitildi va portlash sodir bo‘ldi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda «Alpomishda kislorod baloni portladi», deydi hodisaga yaqin joyda bo‘lgan guvohlardan biri. Tasvirlarda portlash oqibatida binoning tom qismi shikastlanganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur majmuada Sirdaryo viloyatidagi koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar davolanishmoqda.

Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Hodisa yuzasidan yaqin daqiqalarda rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring