Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez yordam shifokori sobiq ichki ishlar xodimi tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarga izoh berildi

Tez yordam shifokori sobiq ichki ishlar xodimi tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarga izoh berildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Farg‘onada tez yordam shifokori sobiq ichki ishlar xodimi tomonidan kaltaklandi» sarlavhasi ostida tarqalgan ma’lumot yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

IIV Axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 3 avgust kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tez yordam xizmati shifokorning fuqaro tomonidan kaltaklanganligi holati yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

«Mazkur holat ichki ishlar vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Jabrlanuvchiga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ekspertiza natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi»,- deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring