Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizdagi xonadonlardan birida gaz portladi. Xonadon egasi og‘ir ahvolda

Termizdagi xonadonlardan birida gaz portladi. Xonadon egasi og‘ir ahvolda

Bugun tong payti 06:40 lar chamasida Surxondaryo viloyati Termiz shahri, O‘zbekiston mahallasidagi Alisher Navoiy ko‘chasi, 24-uyda yashaydigan N.V.ning yashash uyi oshxonasida sodir bo‘lgan tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida V.N.ning butun tana yuzasi 3-4-darajali, 40-45 foiz kuyish tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga yotqizilgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor boshqaruv markazi va Termiz shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbarlari, mas’ul xodimlar yetib borib, shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Mazkur baxtsiz hodisaning sodir bo‘lishiga xonadonga o‘rnatilgan gaz hisoblagich hisobdoni qarz tufayli o‘chgach, fuqaro V.N.  o‘zboshimchalik bilan gaz hisoblagich hisobdonidagi filtr qismini yechib olib, qo‘lbola usulda tayyorlangan rezina shlangni noqonuniy ulab, foydalanishi sabab bo‘lgan. 

Mutaxassislarning aytishicha, iste’molchilar orasida tabiiy gaz berilishi yuzaga kelgan qarzdorlik bo‘yicha avtomatik tarzda  to‘xtatilgach, o‘zboshimchalik bilan elektron gaz hisoblagichlarini yechib olib, rezina shlang va qo‘lbola quvurlar orqali tarmoqqa ulash hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari uchramoqda. O‘z manfaatini ko‘zlab ish tutayotgan bunday iste’molchilar hududdagi gaz ta’minotida o‘zgarishlar, ularni hisoblashda esa xatoliklar yuzaga kelishiga, eng achinarlisi, ba’zi hollarda kutilmagan baxtsiz hodisalarning yuz berishiga sababchi bo‘lmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring