Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termiz yaqinidagi hodisa bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Termiz yaqinidagi hodisa bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Termizda nimalar bo‘lyapti?» sarlavhali yong‘in suratlari aks etgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati bayonot berdi.

«O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo‘lgan qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hashorotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda yoqish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbir mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, orolchalardagi yong‘in harakatlari va ko‘lami to‘liq nazoratga olingan», deyiladi xabarda.

Ushbu tadbir yovvoyi qamishzorlarda belgilangan rejaga muvofiq olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring