Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talaba bobosining uyidan 4500 dollarini o‘g‘irlab, uyiga o‘t qo‘ydi

Talaba bobosining uyidan 4500 dollarini o‘g‘irlab, uyiga o‘t qo‘ydi

Foto: «Realty.rbc.ru»

Internet tarmog‘idagi «1X bet» nomli dasturi orqali turli o‘yinlarga (qimor) pulini yutqazib qo‘ygan O.Q. 2020-yil 22-dekabrdan 24-dekabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida bobosi yashab kelayotgan Buxoro shahridagi xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bobosiga tegishli jami 4500 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan. So‘ngra u jinoyatini yashirish maqsadida yotoqxona va oshxonaga 10 litr benzin sepib, o‘t qo‘ygan.

Jinoyat yuzasidan 2021-yil 17-may kuni Peshko‘ tuman sud majlisida jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat turiga kirishi, jinoyatchining qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 4-bosqich talabasi ekanligi, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi va jabrlanuvchi bobosining da’vosi yo‘qligi va unga nisbatan qonuniy yengillik berilishini so‘rab qilgan murojaatiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 169-25-173 va 57-59- va 25-173-moddalariga asosan jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring