Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tahoe» qarama-qarshi yo‘lda «Tico»ni «sochib yubordi»

«Tahoe» qarama-qarshi yo‘lda «Tico»ni «sochib yubordi»

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani aks etgan video tarqaldi.

Kecha, 14 dekabr kuni soat taxminan 13:00 lar chamasida 2003 yilda tug‘ilgan Yu.M «Tahoye» rusumli avtomobilni boshqarib, Marg‘ilon shahar «A.Yassaviy» va «Tinchlik» ko‘chalari kesishgan chorrahaga yaqinlashib kelayotgan vaqtida, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib harakatlanishi oqibatida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1992 yilda tug‘ilgan T.S boshqaruvidagi «Tico» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Natijada «Tico» rusumli avtomobil haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring