Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vayrona ostidan jasad topildi» —  Surxondaryodagi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

«Vayrona ostidan jasad topildi» —  Surxondaryodagi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq, bugun 7 dekabr kuni soat 03:57 da Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi «Indenim» savdo majmuasida gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq portlash yuz bergani xabar qilingandi.

Hodisa oqibatida 9 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgani, chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘in 28 daqiqa mobaynida FVV kuch-vositalari tomonidan o‘chirilgani ma’lum qilingandi.

FVV hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 30 daqiqa atrofida vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok bo‘lgan fuqaro aniqlangan.

Mazkur hodisa sabab va oqibatlarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi voqea joyida ish olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring