Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliqchilar bilan janjallashgan ayollar jazoga tortildi

Soliqchilar bilan janjallashgan ayollar jazoga tortildi

Surxondaryo viloyatida salat sotayotgan ayollar va soliqchilar o‘rtasida mojaro yuz bergani videosi tarqalgandi. Viloyat soliq boshqarmasiga ko‘ra, sotuvchi ayollar jazoga tortildi, soliqchilar esa ogohlantirilgan. 

«Joriy yilning 12 mart kuni Uzun tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tumanning «Bahoriston» mahallasi hududida savdo qilish uchun belgilanmagan joylarda noqonuniy faoliyatning oldini olishga qaratilgan tadbirlar belgilangan tartiblarga asosan o‘tkazilgan.

Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan ko‘p marotaba ogohlantirishlarga qaramay, qonunga zid hamda antisanitariya holatida savdo faoliyatini davom ettirib kelayotgan fuqarolar Sh.T. hamda S.T. soliq inspeksiyasi xodimi F.Ergashevning noqonuniy savdo faoliyatini rasmiylashtirish talabiga qarshilik ko‘rsatib, janjal ko‘tarishgan va davlat xizmatchisini obro‘sizlantirishga harakat qilishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tumani sudining qaroriga asosan Sh.T. hamda S.T. ga nisbatan ma’muriy tartibda chora ko‘rilganligi ma’lum bo‘ldi», deyiladi boshqarma xabarida.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati soliq xodimlari orasida yig‘ilish o‘tkazilib, har bir xodim davlat xizmatchisining Ichki mehnat tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring