Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda hayot uchun xavfli bo‘lgan yog‘ sexi aniqlandi

Surxondaryoda hayot uchun xavfli bo‘lgan yog‘ sexi aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro Sh.R. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu sexdan 717 kg chigit, 1 126 kg qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring