Suriyadagi jangarilar safiga kirmoqchi bo‘lgan uch o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Tezkor-qidiruv tadbirlarida Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishining oldi olindi.
Ular hozirda jangarilar safida bo‘lgan «Abu Saloh», «Abu Valid» va «Ayub» laqabli shaxslarning internet tarmog‘ida yoshlarni terroristik guruhlarga qo‘shilishga chorlovchi da’vatlari ta’siriga tushib, Suriyaga ketishni maqsad qilishgan.
Jumladan, fuqaro A.O‘. «Telegram» messenjerida «Abu Valid» bilan aloqada bo‘lib, uning ko‘rsatmasi bilan turli virtual kanal va guruhlar ochgan hamda targ‘ibot ishlarini olib borgan.
Keyinroq, u mahalladoshi I.D. bilan til biriktirib, Suriya davlatidagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni reja qilishgan.
O‘z navbatida, I.D. yaqin o‘rtog‘i G‘.L.ni ham ketishga ko‘ndirgan.
Mazkur shaxslar xorijda migrantlarni ish bilan ta’minlovchi xususiy bandlik firmasi orqali Turkiya davlatiga borib, so‘ngra Suriyaga o‘tmoqchi bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter