Sumkasida bomba borligini aytgan 19 yoshli qiz ushlandi
Toshkent metropolitenining «Alisher Navoiy» bekatida 22 oktyabr kuni 19 yoshli qiz sumkasini tekshirtirayotgan paytda uning ichida bomba borligini ma’lum qilgan.
Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi ma’lum qilishicha, 2003 yilda tug‘ilgan qiz avtomatik o‘tkazish punktida o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan xodim tomonidan to‘xtatilgan.
N.S. ismli qizdan Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi sumkani ko‘rsatishni so‘raganida, qiz sumkasida bomba borligini aytgan.
Ko‘rsatmaga ko‘ra, xodimlar zudlik bilan yaqin atrofdagi hududni o‘rab olgan va voqea haqida navbatchilik bo‘limiga xabar berilgan. Shundan so‘ng voqea joyiga Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi guruhi yetib kelgan. Qiz ham vaqtincha hibsga olingan.
Sumkani ko‘zdan kechirish chog‘ida undan portlovchi moslama topilmagan. Shundan so‘ng dalolatnoma tuzilgan. Xodim qizdan nima uchun sumkasida bomba borligini aytganini so‘raganida N.S. uning kayfiyati yaxshi bo‘lgani va shu tarzda hazil qilishga qaror qilganini aytgan.
Qiz poytaxtning Shayxontohur tumani 3-ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter