Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta dollar mojarosi: Andijonda bank xodimi qo‘lga tushdi

Soxta dollar mojarosi: Andijonda bank xodimi qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» Xonobod filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bank universal kassasi sobiq kassiri I.A va boshqalar o‘zaro til biriktirib, chet davlatlardan pul o‘tkazmalari orqali kelgan AQSh dollarlarini olish uchun bank xizmatidan foydalangan mijozlarga qalbaki 2 600 AQSh dollarini o‘tkazganliklari aniqlanib, shundan qalbaki 1 600 AQSh dollarining mijozlar tomonidan qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring