Sirdaryodagi maktabda chiqqan janjalda «zamdirektor» hushidan ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «O‘qituvchilar va direktor muovini o‘quvchining ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan» sarlavhali xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi o‘rganib chiqqan.
Ma’lum bo‘lishicha, 8 aprel kuni Guliston shahridagi 5-maktab yuqori sinf o‘quvchisi U.A.ning darsga kechikib borishi natijasida o‘qituvchi N.G‘ bilan o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Holatdan xabar topgan o‘quvchi U.Aning oila a’zolari maktab binosiga kelib, maktab ma’muriyati bilan janjallashgan. Natijada direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hushini yo‘qotgan va Guliston shahar shoshilinch tez-tibbiy yordam markaziga joylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter