Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda magistral gaz quvuri portladi

Sirdaryoda magistral gaz quvuri portladi

Sirdaryo viloyati hududidan o‘tgan «Xovos-Farg‘ona» yo‘nalishidagi magistral gaz quvurida portlash sodir bo‘ldi. Ayni vaqtda tafsilotlar o‘rganilmoqda.

Bugun, 25 avgust kuni taxminan soat 10:30 larda Xovos tumani Navro‘z mahallasiga qarashli yuqori dala qismida, dala ekin-maydoni hududidan o‘tgan «Xovos-Farg‘ona» yo‘nalishidagi magistral gaz quvurida portlash sodir bo‘ldi.

Bu xabarni Sirdaryo viloyati hududiy gaz ta’minoti filiali navbatchilik qismi tasdiqladi. Berilgan birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring