Shveysariyada samolyot halokatga uchradi
Kecha, 5-avgust kuni Shveysariyaning Flims tog‘ kurorti yaqinida samolyot halokatga uchradi, omon qolganlar yo‘q, deb xabar bergan «RIA Novosti».
«Reyter» agentligi xabariga ko‘ra, halokatga uchragan «Junkers Ju-52» samolyoti (1939-yilda ishlab chiqarilgan) «JU-AIR» aviakompaniyasiga qarashli bo‘lgan. Samolyot sayyohlarni Tichino kantoniga ikki kunlik sayohatdan olib qaytayotgan bo‘lgan. Uning bortida uch nafar ekipaj a’zosi va 17 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning 11 nafari erkak kishi, 9 nafari ayollar ekanini politsiya ham tasdiqladi. Ularning aksariyati Shveysariyaning nemiszabon qismidan, shuningdek Vo kantonidan va Quyi Avstriyadan bo‘lgan.
Shveysariya prokuraturasi hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘adi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter