Shisha sinig‘i bezorining qo‘lida qurolga aylandi
2020-yilning 26-sentyabrdan 27-sentyabr kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da, Qoraqalog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani «Qosjap» OFYda yashovchi 27 yoshli S.P. spirtli ichimlik ta’sirida «Yernar-Aydar» kafesida 23 yoshli A.O. bilan janjallashib qoladi.
Avvaliga uning boshiga shisha idish bilan bir marotaba urib, so‘ng singan shisha idishi bo‘lagi bilan A.O.ning chap bel qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada, A.O. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Sud tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, A.O.ga hayot uchun xavfli bo‘lgan «og‘ir» darajadagi tan jarohatlari yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qonliko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.P.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, bezorilik oqibatida sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda S.P. protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter