Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda 78 yoshli chol jinoyatga qo‘l o‘rdi

Shahrisabzda 78 yoshli chol jinoyatga qo‘l o‘rdi

Foto: Facebook / Chori Kucharov

Shahrisabz tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilgan profilaktik tezkor tadbir jarayonida tumandagi Uloch qishlog‘ida yashovchi N.J. qonunga xilof ravishda yashash hovlisida ko‘knor giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi.

Bu haqda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Chori Ko‘charov «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: «Facebook» / Chori Kucharov

Tezkor tadbir jarayonida N.J. hovlisida jami 665 dona ko‘knor o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani, shuningdek, keyinchalik sotish maqsadida yashash xonasidagi sandiqda ikki dona ko‘knor boshog‘i va ko‘knor hashagini saqlab kelayotgani aniqlandi. Ushbu giyohvand moddalar xolislar ishtirokida o‘lchab ko‘rilganda 33,7 gramm ko‘knor hashagi quritilgan holda, 890 gramm ko‘knor nam holda ekani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Ayni paytda holat bo‘yicha N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring