Selfi qimmatga tushdi
Rossiyada selfiga tushish uchun ko‘prikka chiqqan qiz muvozanatini yo‘qotib, elektropoyezd simlari ustiga yiqildi va 1 soat davomida simlarga osilib qoldi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Qiz 3 kV kuchlanishli elektr tarmoq simlariga osilib qoldi.
13 yoshli qizning ayrim a’zolari kuyib ketgan. Biroq uning vujudi yerga tegmagani uchun halok bo‘lmagan. Simlarga osilib qolgan qizni poyezd haydovchisi ko‘rib qolgan.
Qiz osilib qolgan simlar elektr manbaidan uzilib, so‘ngra qiz qutqarildi.
Qizning hamqishloqlari poyezd yo‘lida har ehtimolga qarshi gilam yozib kutib turishgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter