Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qumqo‘rg‘ondagi 150 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Qumqo‘rg‘ondagi 150 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Ushbu surat hodisaga aloqador emas.

Foto: meteovesti.ru

Bugun, 18-may kuni soat 17.40 da Surxondaryo viloyatining Elobod, Azlarsoy va Bog‘or mahallalari hududi kuchli yomg‘ir oqibatida suv ostida qoldi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Sel kelishi oqibatida 157 xonadonni suv bosdi, 1300 kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Ayni paytda yuzaga kelgan holatni ijobiy hal etish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani hokimi rahbarligida tezkor guruh tashkil etilgan. Guruh tarkibida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar bo‘limi, tuman kommunal xizmati va boshqa tegishli tashkilotlar kiritilib, barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilgan.

Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring